English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Havo elektr uzatish tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi sababli kichik yong‘in sodir bo‘lgan
13:27 / 2022-12-15

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy MFY hududidan o‘tgan elektr uzatish havo tarmog‘idagi kabel yonib ketganligi haqida videomurojaat e’lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar o‘rganilib, mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.  

Respublikamiz bo‘ylab havo haroratining keskin sovib ketishi sababli gaz bosimi pasayib ketdi. Natijada elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib, joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda.  

Bugun, 15 dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi havo elektr uzatish tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi sababli simlarning qisqa tutashuvida kichik yong‘in sodir bo‘lgan.  

Ayni vaqtda Yakkasaroy TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda.  

 

 

O‘zA