English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir viloyatning o‘zi uchun xos bo‘lgan “mavsumiy turistik paketi” tayyorlanadi
17:21 / 2023-03-29

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimlari ham o‘zining hududini xorijda keng targ‘ib qilishni o‘rganishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi. Ular:

– har bir viloyatning “tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqadi;

– Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;

– har bir viloyatning o‘zi uchun xos bo‘lgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;

– festival va konsertlar o‘tkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham e’lon qiladi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi.

O‘zA