English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikda yirik kon ishga tushirildi
15:37 / 2024-07-21

Toshkent viloyatida Xitoyning faoliyat yuritayotgan korxonalar soni yana bittaga ko‘paydi. Xususan, Parkent tumanida xitoylik investorlar tomonidan yirik loyiha amalga oshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida viloyat va tuman hokimliklari mas’ullari, hamkor tashkilot rahbarlari, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan mazkur loyihaning birinchi bosqichi ishga tushib, yana bir yirik metallurgiya korxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uning kattaligi va quvvati, zamonaviy texnologiyasi Markaziy Osiyoda alohida ajralib turadi. Bu yerda 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, konning aniqlangan zaxirasi boy bo‘lib, undan yiliga 2,4 million tonna ruda qazib olinadi. Bundan tashqari, 1 million tonna konsentrat ishlab chiqariladi. Ikki bosqichi to‘liq amalga tatbiq qilinishi bilan hududda o‘nlab servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kichik biznes sub’ektlari tashkil etiladi. E’tiborlisi, konga sohadagi eng zamonaviy texnikalar, asbob-uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa xomashyoni to‘liq qayta ishlanishiga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil Toshkent viloyatida xitoylik investorlar bilan umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod 70 ga yaqin loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Bu hududiy sanoatni rivojlantirish, eksport salohiyatini yanada oshirish va aholining turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.

A.Musayev,O‘zA.