
Singapur Prezidenti Halima Yaqub dunyoga mashhur Registon maydonini tomosha qildi.
Oliy martabali mehmonga xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, jumladan, mazkur obidaning yaratilish tarixi va uni asrab-avaylash borasida davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.


Tillakori madrasasining noyob arxitekturasi va bu yerda tashkil etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Halima Yaqub xonim shu yerda mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu berdi.
- Avvalo taklif uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman, - dedi Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub. - Bu tashriflar ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boshlashi, shubhasiz. Samarqandga safarimiz ham taassurotlarga boy bo‘lmoqda. Ayniqsa, Islom olamining qutlug‘ maskanlaridan biri bo‘lgan Imom Buxoriy majmuasi ziyoratidan juda xursand bo‘ldik. Bu ulug‘ muhaddisning ilmiy merosi butun musulmon dunyosining boyligi.



Singapur Prezidenti va delegatsiya a’zolari Registonda esdalik uchun suratga tushishdi.
G‘. Xonnazarov,
G‘. Hasanov,
N. Haydarov (surat), O‘zA