English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gumanitar yordam yo‘lida…
16:06 / 2022-12-07

Rossiya-Ukraina

AQSH Kongressining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakillari Ukrainaga Amerika hokimiyati tomonidan ajratilgan mablag‘lar bilan bog‘liq surishtiruv o‘tkazish tashabbusini qo‘llamadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, 14 kun ichida Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga ajratilgan mablag‘larga aloqador barcha hujjatlar, materiallar taqdim etilishi nazarda tutilgan edi.

Vashington Kiyevning Rossiya hududiga zarar keltirishini qo‘llamaydi. Shu bilan birga Ukrainaga o‘zini himoya qilish uchun harbiy yordam berishda davom etadi, deb bayonot berdi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.

Amerika mudofaa vaziri Lloyd Ostin so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Ukraina rasmiylarining uzoq masofaga zarba beruvchi qurol yaratishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Shuningdek, Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays «Ukraina energetika infratuzilmasini tiklashga zarur yordam ko‘rsatish uchun Yevropa va dunyodagi ittifoqchilar bilan doimiy maslahatlashuv o‘tkazib turilishi kerak, deb biladi.

Bosh vazir Viktor Orban Vengriya ayrim davlatlarning Ukrainaga moliyaviy yordam berishiga qarshi chiqqani to‘g‘risidagi bayonotni “tuhmat”, dedi. Shu bilan birga Budapesht Kiyevga ikki tomonlama asosda moliyaviy ko‘mak berishga tayyorligini ham ma’lum qildi. Bu haqda Orban ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto hukumat ayni maqsadda 2023 yil byudjeti hisobidan 187 million yevro ajratishini bildirdi.

“Ukraina bilan bog‘liq nizo bartaraf etilgach, xavfsizlik bo‘yicha muzokarada YeIga Rossiya kerak bo‘ladi”, deb bayonot berdi Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri Aleksander Shallenberg. Shuningdek, vazir Vena zarurat bo‘lganda Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokara o‘tkazish uchun sharoit yaratib berishga tayyor, dedi.

Xitoy xalqaro hamjamiyat va gumanitar tashkilotlarni boshlangan qish mavsumida Ukrainaga yordam ko‘rsatishni jadallashtirishga chaqiradi, dedi XXRning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gen Shuan.

Italiya yil oxirigacha Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini shakllantirmayapti, deb xabar berdi «ANSA» agentligi mudofaa vaziri Guido Krozettoga tayanib. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rim Kiyevni “Shimoliy Atlantika alyansi doirasida chiqarilgan qarorlar asosida qo‘llashni davom ettiradi”.

Fevral oyidan beri Ukrainada vafot etganlar soni 17 ming kishidan oshdi, ularning 400 dan ko‘pi bolalar. Bu ma’lumotni BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits oshkor qildi. 14 milliondan ziyod fuqaro uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Ularning 6,5 millioni Ukraina hududida, 7,8 millioni Yevropa mamlakatlarida joylashgan.

Abror XON, O‘zA