Gruziya parlamenti: Prezident impichmenti uchun to‘plangan imzolar haqiqiy!

Gruziya parlamentining Jarayonlar masalalari va qoidalari qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Salome Zurabishviliga nisbatan impichment jarayonini boshlash uchun deputatlar tomonidan to‘plangan imzolar haqiqiy ekanini tasdiqladi. Ayni mazmundagi bayonot qonunchilik hokimiyati saytida e’lon qilindi.
Tekshiruv natijasida 80 ta imzo haqiqiy, deb topilgan.
Imzolarning haqiqiyligi deputatlar bilan bevosita suhbat jarayonida aniqlangan.
Qo‘mita xulosasi ko‘rib chiqish uchun Konstitutsion sudga yuboriladi.
Avvalroq hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Irakliy Kobaxidze davlat rahbariga nisbotan impichment jarayoni boshlanishi to‘g‘risida xabar bergan edi.