Gidrometeorologiya xizmati kuchli shamol, qor va toshqinlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13-15 noyabr kunlari respublika bo‘yicha, shuningdek, shimol hududida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/sgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
14-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yogingarchiliklar kutilmoqda. Shu bilan birga, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zA