English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gidrometeorologiya xizmati agentligi 5-8 iyun kunlari mamlakatimiz bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishidan ogohlantirmoqda
17:21 / 2023-06-02

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekistonga Eron hududidan issiq havo oqimining kirib kelishi sababli havo harorati ko‘tariladi. Jumladan:

5-6 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;  

6-8 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;  

5-8 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida  38-40 darajagacha;  

7-8 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.  

7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar  kuzatiladi.

O‘zA