English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gepatit “S” bilan kasallangan bemorlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi
09:27 / 2023-09-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazida gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi.

Shuningdek, virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA