Shirin shahrida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda korxona va tashkilotlar vakillari –faol xotin-qizlar ishtirok etib, 11 nominatsiyada o‘zining iqtidor va qobiliyatini namoyish etdi.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, “Sirdaryo IES” filiali, “Farhod GES” unitar korxonasi, Sanitariya- epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Shirin shahar bo‘limining eng faol xodimalari Sirdaryo viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
–"Gender tenglik faoli" ko‘rik-tanlovi jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgani biz xotin-qizlarga katta madad berdi. Mazkur tanlovning Shirin shahar bosqichida ishtirok etib, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol shahar davlat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdim. Bu nafaqat menga, men singari Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati shahar bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarga kuch bag‘ishladi,–deydi Munira Yodgorova.
G‘olib va ishtirokchilariga Shirin shahar hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri