English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi
12:54 / 2023-02-03

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda.

Qayd etilganidek, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun respublika bo‘yicha:  

– kuniga 80 million kub metr gaz  

va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi (hozir – 70 million kub metr gaz va 120 million kilovatt soat elektr berilmoqda);  

– bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).  

–Bu borada yana bir masala – Andijon  

va Farg‘onada bo‘lgan uchrashuvlarda ko‘plab tadbirkorlar elektr ishlab chiqarishni o‘zi yo‘lga qo‘yish, kichik quyosh stansiyalarni va mikroGESlar qurishga tayyorligini bildirdi. Bunday tashabbusi bor Namangan tadbirkorlarini ham, albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz,– dedi Prezident.  

Qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion so‘mlik moliyalashtirish shu haftadan ochilishi ma’lum qilindi.  

Xususan, Namanganda infratuzilmani yaxshilashga bu yil 1,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi.  

 

O‘zA