English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarimiz Turkiyada faol ovoz bermoqda
15:42 / 2023-04-30

Turkiya Respublikasining Anqara va Istanbul shaharlaridagi fuqarolarimizga referendum bo‘yicha ovoz berish uchun barcha sharoit  yaratilgan.

– Fuqarolarimiz referendumda faol ishtirok etayotgani bejiz emas, – dedi Anqara shahridagi 43-uchastka referendum komissiyasi raisi o‘rinbosari Avazbek Hojimetov. – Ovoz berish kuni va joyi haqida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoq orqali axborot berib bordik. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Yetakchi ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalariga bag‘ishlangan, Konstitutsiyaviy islohot mazmun-mohiyati ochib berilgan 70 dan ziyod maqola nashr  qilindi.

Turkiyaning 14 viloyatiga safar uyushtirilib, ishbilarmonlar, siyosiy doira, jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir, davra suhbatlari tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi fuqarolarimiz Anqara shahridagi 43-referendum uchastkasi, Istanbul shahridagi 44-referendum uchastkasida ovoz berishmoqda.

19-26 aprel kunlari Anqara, Istanbul, Antaliya va Bursa shaharlarida vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimiz uchun muddatidan oldin ovoz berish  tashkil etildi.

Shuhrat Oripov,

Anqara shahri