English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyada bugun navbatdagi norozilik namoyishi o‘tkaziladi
09:46 / 2023-02-07

7 fevral kuni butun Fransiya bo‘ylab pensiya islohotiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tadi. Tartibni saqlash uchun 11 ming politsiya va jandarma xodimlari jalb qilinadi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma’lum qildi.

“Xavfsiz muhitda namoyish o‘tkazish huquqidan foydalanishni ta’minlash uchun butun mamlakat bo‘ylab 11 ming huquqni himoya qilish idoralari vakillari, shu jumladan, Parijda to‘rt ming politsiya xodimi osoyishtalikni ta’minlaydi”.

Bugun Fransiyada iqtisodiyotning turli sohalarida ish tashlash fonida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tadi. Bu kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilayotgan uchinchi norozilik aksiyasidir. Birinchisi 19 yanvarda, ikkinchisi 31 yanvarda o‘tkazilgan edi. Oxirgi namoyishda 1,2 million kishi qatnashgani aytiladi.  

Namoyishchilar pensiya yoshini 62 dan 64 yoshga ko‘tarishga qarshi tashkil etilmoqda.

 

O‘zA