English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya Prezidenti va Yevrokomissiya rahbari Xitoyga boradi
12:38 / 2023-03-25

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa komissiyasi rahbari Ursulo fon der Lyayen Xitoyga tashrif bilan borishadi, deb xabar berdi “AFP” agentligi.

“Safarning aprel oyiga mo‘ljallangani, uning sanasi hozircha aniq emas”, deyiladi xabarda.

“Endi Xitoy Rossiyaning hech qachon kimyoviy yoki yadro quroli qo‘llamasligi uchun bosim o‘tkazishda bizga yordam berishi va Ukraina atrofidagi ziddiyatni hal etish uchun muzokaralardan avval Moskvaning otashkesinni to‘xtashida ko‘maklashishi kerak”, deb bayonot berdi Makron.

U, shuningdek, Xitoy hukumatini “Rossiyaga hech qanday qurol-yarog‘ yetkazib bermaslikka” chaqirdi.

Noyabr oyida Germaniya kansleri Olaf Shols Xitoyga tashrif buyurgan edi. U Si Szinpinning XXR Kompartiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib qayta saylangandan keyin mamlakatga kelgan birinchi “G7” yetakchisi bo‘lgandi.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Xitoyga borishni rejalashtirgan edi. 4 fevral kuni Qo‘shma Shtatlar harbiy kuchlari tomonidan Atlantika okeani uzra uchib yurgan Xitoy shari urib tushirilgach, Pekinga borishdan voz kechgan edi.  

Abror Xon, O‘zA