English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fotoqopqonda noyob jonivorlar tasviri
14:56 / 2023-08-07

BMT Taraqqiyot dasturining “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida tog‘li hududlarda o‘rmon va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va boshqarish” loyihasi bo‘yicha Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida maxsus ekspeditsiya o‘rganishlar olib bordi.

Unda asosiy e’tibor Qorong‘ito‘qay – Shtopr – Oygaing hududlarida o‘rnatilgan fototuzoqlar ko‘zdan kechirildi. Tasvirga olingan o‘simlik va hayvonot dunyosi tahlil qilindi. Ko‘plab joylarda asosan qor qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, Sibir tog‘ echkilari, suvsar, tulki, to‘ng‘iz kabi hayvonlar hamda kaklik va boshqa har xil qushlar borligi ma’lum bo‘ldi.  

– Ayniqsa, Qorong‘ito‘qay hududiga borganimizda Maydontol va Oygaing daryolari qo‘shilib, Pskom daryosi boshlanadigan joyda ekspeditsiya a’zolari e’tiborini bir tup archa o‘ziga tortdi, – deydi tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha katta inspektori, guruh rahbari X.Tariqov. – Bu archa tangasining kengligiga 3 kishining quchog‘i yetmaydi. Uning yoshi taxminan 200-300 yildan yuqori. Shuningdek, butasimon o‘simlik ham uchradi, barglari, mevasining ko‘rinishi O‘zbekiston “Qizil” kitobiga kiritilgan O‘rta Osiyo nokiga o‘xshash bo‘lgani uchun kichkina shohi va mevasidan namuna olindi va laboratoriyada aniqlik kiritish uchun yuborildi.  

A.Musayev, O‘zA.