English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Filippin Rossiyadan 16 ta Mi-17 vertolyotini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
11:36 / 2022-08-11

Filippin mudofaa vazirligi Rossiyadan 16 ta Mi-17 vertolyotlarini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni bekor qilganini tasdiqladi, deb xabar berdi Philippine News Agency agentligi vazirlik vakili Arsenio Andolonga bergan ma’lumotga tayanib.

"Milliy mudofaa vazirligi Rossiyaning OOO "Sovtexnoeksport" kompaniyasi bilan 16 ta Mi-17 vertolyotlarini mamlakat harbiy havo kuchlari uchun xarid qilish bo‘yicha shartnomani bekor qilganini rasmiylashtirmoqda", – deb yozmoqda agentlik Andologanning so‘zlariga tayanib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “Filippin hukumati mazkur masalada Rossiya bilan diplomatik muloqot olib borishga tayyorlanmoqda”. Filippin mudofaa vazirligi vakilining ta’kidlashicha, bitimni bekor qilishga "global siyosatda yuz berayotgan o‘zgarishlar keltirib chiqarayotgan ustuvorliklar” sabab bo‘lmoqda.

Iyul oyi so‘ngida OAV Filippin hukumati Rossiyaning 16 ta Mi-17 vertolyotini sotib olishdan voz kechgani, bunga AQSH tomonidan sanksiya joriy qilinishi ehtimoli sabab bo‘lgani haqida yozgan edi.

Xabarda aytilishicha, ushbu shartnomaning qiymati taxminan 230 million dollarni tashkil etgan.