English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermerning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi lozim
15:41 / 2023-01-16

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va uning hududiy hamda tuman kengashlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?

Yil sarhisobi haqida so‘z borganda qishloq mulkdorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilinish borasida qiligan ishlarga alohida to‘xtalish o‘rinli. 

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, kengash huquqshunoslarining bevosita amaliy yordami bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatini himoya qilish uchun sudlarga qariyb 6 ming 642 ta da’vo arizasi kiritildi.

 13 ming 92 ta fermer xo‘jaligining haqlarini undirib berish bo‘yicha qarzdor tashkilot va korxonalarga talabnomalar kiritilgan. Shundan 8 ming 149 tasi qanoatlantirilib, fermer xo‘jaliklari hisobiga tegishli mablag‘lar ixtiyoriy tarzda undirib berildi.

Fermer xo‘jaliklarining 5 ming 65 ta boshqa masalalardagi murojaatlari hal etildi. 

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatini himoya qilish uchun sudlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 562 ta, Andijon  viloyatidan 711 ta, Buxoro viloyatidan 415 ta, Jizzax 578 ta, Qashqadaryo 1252 ta, Navoiy  173 ta, Namangan viloyati 340 ta da’vo ariza kiritildi. 

Xususan, Bo‘ka tumani fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorka yer egalari kengashi 2022 yil davomida hudud fermer xo‘jaliklari manfaatida iqtisodiy sudlarga 57 ta  2 milliard 53 million so‘mlik da’vo arizasi kiritgan. Ushbu da’vo arizalari to‘liq qanoatlantirilgan.  

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi tegishli qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

 Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish hamda ularni bajarishda paydo bo‘ladigan munosabatlarni tartibga soladi. 

  Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari “Fuqarolik Kodeksi”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlar asosida hamda hukumatning tegishli qaroriga muvofiq shartnomaviy munosabatlarni tartibga solinadi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari huquqiy savodxonligini oshirishda yuqoridagi hujjatlar mazmun-hohiyati ham tushintirilishi maqsadga muvofiq.

  Shuningdek, qishloq mulkdorlari faoliyatlarida mavjud xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida www.yurxizmat.uz portalidan ham foydalanish tavsiya etiladi. 

S. Hatamov,

O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari 

va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i