English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ogohlantiradi
09:41 / 2022-11-02

Rossiya Federatsiyasining “Farmstandart-Tomskximfarm” OAJ Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga murojaatida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10”, seriya 120319, yaroqlilik muddati “04.24” bo‘lgan dori vositasi qalbakilashtirilganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Gap shundaki, “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10” dori vositasi “Farmstandart-Tomskximfarm” OAJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014 yil aprel oyidan buyon ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan bo‘lib, oxirgi ishlab chiqarilgan 10414 seriyali dori vositasining yaroqlilik muddati 2019 yil may oyida tugagan.  

Shuningdek, “Levomitsetin tabletki 0.5 g №10” dori vositasining O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik muddati 2016 yil iyun oyida yakuniga yetgan.  

Shu o‘rinda agentlik yurtimizda dori vositalarining ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga eslatib o‘tadi:  

O‘zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni 23-moddasiga muvofiq, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taqiqlanadi.  

Shuningdek, “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, litsenziyaning amal qilishini tugatishga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.  

 

O‘zA