English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada OTMga kirish uchun test sinovlari boshlandi
10:56 / 2022-08-08

Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatining 3 ta hududida ham oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga start berildi.

Bugun, ya’ni 8 avgustdan  Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari hamda So‘x tumanida joylashgan  stadionlarda test sinovlari boshlandi.

[gallery-8200]

Davlat test markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i Ismoilxon Shokirovning aytishicha, bu yil viloyatda 102 ing 400 dan ortiq abituriyentlar test sinovlarida qatnashishi kerak.  Abituriyentlarga  ruchka, 0,5 hajmli salqin ichimlik va bosh kiyimi (kepka) berilmoqda. Shuningdek, imtihon jarayonida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarda videokuzatuv hamda jamoatchilik nazorati tashkil etilgan.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA