English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada joriy yilda qovun eksporti 1 million AQSH dollaridan oshdi
11:23 / 2022-08-11

Farg‘ona viloyatida yoz faslida nafaqat meva va sabzavotlar, balki poliz mahsulotlarining eksporti ham ayni avjiga chiqadi. Mirishkor dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan sara qovunlar eksporti tun-kun davom etmoqda. Bu borada bojxona xodimlari ham tadbirkorlarga qulay bo‘lgan vaqtlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmoqda.

2022 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan qiymati 1 million AQSH dollarlik 2 ming 100 tonna qovunlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 69 foizi Rossiyaga eksport qilingan bo‘lsa, qolgan qismi Belorus, Germaniya, Chexiya, BAA, Polsha, shuningdek qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilingan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda viloyatdan qiymati 1,8 million AQSH dollarlik 4 ming 900 tonnaga yaqin qovunlar Rossiya, Ukraina, Chexiya, Germaniya, Belorussiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilingan.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlash va eksportni tezkorlik bilan bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida xizmat uzluksiz tashkil etilgan. “Quvasoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan tadbirkorlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida qilayotgan murojaatlari bo‘yicha tez va sifatli bojxona nazoratidan o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari tovarlarga tegishli yo‘l yuk kuzatuv hujjatlari ham qisqa muddatlarda rasmiylashtirilishi ta’minlanmoqda.  

M.Sulaymonov, O‘zA