English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 2022 yilda 75 ming tonna uzum eksport qilindi
16:24 / 2023-01-16

Farg‘ona viloyatida o‘tgan yil umumiy qiymati 230 million dollardan ziyod jami 314 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorijga eksport qilindi.

Xususan, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan 2021 yilda umumiy qiymati 56,5 million AQSH dollarlik 71 ming tonnaga yaqin uzum Rossiya, AQSH, Belorussiya, Ukraina, BAA, Mongoliya hamda qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlariga eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. 2022 yil davomida esa uzum qishloq xo‘jaligi mahsulotining eksporti 4 ming tonnaga ortib 75 ming tonnani qiymati esa 64 million AQSH dollarini tashkil etdi.  

Uzumlar asosan Rossiya, AQSH, Belorussiya, BAA, Pokiston, Mongoliya hamda qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilingan.  

M.Sulaymonov, O‘zA