English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ertaga Shayxontohur tumanidagi bir qator mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
14:35 / 2023-01-04

Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi xabar berishicha, mazkur tumandagi Ibn Sino mavzesi Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgani bois, 2023 yil 5 yanvar soat 10:00 dan 19:00ga qadar Shayxontohur tumanining bir necha mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Xususan,  Beltepa ko‘chasidagi 23 ta ko‘p qavatli uy, Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko‘p qavatli uy, Jarariq mavzesidagi 21 ta ko‘p qavatli uy, Mingtepa ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uy, “Yangi Jarariq” mahallasidagi 900 ta xonadon, Oqibat ko‘chasidagi 150 ta xonadon, Uyg‘un ko‘chasidagi 150 ta xonadon, “Ipakchilik” mahallasidagi 140 ta xonadon.  

Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTTda ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Qayd etilishicha, 3-Issiqlik markazida gaz bosimi me’yoridan past bo‘ladi.  

 

O‘zA