English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Rossiyaga ikki xil modeldagi avtomobil eksport qilmoqchi
14:32 / 2022-09-29

Eron ehtiyot qismlar assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Najafi Maneshning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Eron tomoni Rossiyaga “Tara” va “Shahin” nomli ikkita avtomobil modelini eksport qilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Albert Karimovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Eron avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya avtomobil bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda va vazirlik, o‘z navbatida, hamkorlikka tayyor.

“Bular Moskva ko‘rgazmasida namoyish etilgan “Tara” va “Shahin” avtomobillari”, – dedi Manesh. U Moskva bilan og‘ir transport vositalari sohasida ham hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Manesh ta’kidlaganidek, Eron avtomobillari ob-havo sharoiti bilan bog‘liq maxsus sinovlardan o‘tmoqda. Shu bois, Eronda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiya hududida 25 darajagacha bo‘lgan past haroratga bardosh bera oladi.