English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Endilikda maktab o‘quvchilarining tug‘ma kasbiy qiziqishini va qobiliyatini aniqlash imkoni mavjud
16:23 / 2023-08-18

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

Qayd etilishicha, mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:  

– “Maqsadlarga intilish” testi,  

– “Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash” testi,  

– “Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,  

– “Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,  

– “O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,  

– “O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,  

– “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,  

– “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash” testi,  

– “Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,  

– “O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,  

– “Qiziqishlar xaritasi" testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.  

“Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.    

“Kasbni egallash” ruknida esa respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.  

Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslahatlar berib boriladi.    

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.  

O‘zA