English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eksport uch qadamda”
16:03 / 2024-07-04

Tadbirkorlik sub’ektlarining bojxona sohasiga oid muammolarini joylarga borgan holda o‘rganishga qaratilgan yana bir sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Unda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i B. Muratov tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Merganteks”MCHJ faoliyatini yaqindan o‘rgandi.  

Uchrashuv jarayonida korxona tashkilotchilariga bojxona sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini hamda eksport salmog‘ini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar batafsil tushuntirildi.  

Xususan, yaqinda amaliyotga joriy etilgan “Eksport uch qadamda” tizimining afzalligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.  

“Merganteks” MCHJ 2003 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, shu o‘tgan vaqt oralig‘ida korxona faoliyati 10 barobarga kengaydi. O‘tgan 2023 yilda 1440 tonna tayyor mahsulotlarni 3 million 386 ming 49 AQSH dollari qiymatda xorijga eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 1120 tonna mahsulotni xorij bozoriga yo‘naltirishga ulgurdi. Aynan “Eksportga uch qadam” tizimidan unumli foydalanib, 1301 tonna ip-kalava mahsulotlarini qariyb 480,75 ming AQSH dollariga Turkiya, Xitoy, Eron islom Respublikasi hamda Hindiston davlatlariga eksport qildi.  

Bojxona tizimida aynan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirish maqsadida olib borilayotgan har bir amaliy tadbirlar faqatgina yurtimiz iqtisodiy barqarorligi hamda xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgandir.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.