English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Qitʼa kubogida uch marta Oʻzbekiston madhiyasi yangrab, oʻn marta bayrogʻimiz yuksaldi
17:03 / 2023-06-14

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha yakunlangan Osiyo kubogida mamlakatimiz sportchilari 10 ta medallar shodasiga ega chiqdi.

Shiddatli kechgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Z. Bekmurodov, S. Tursunov, Ye. Sarsenov oltin, R. Shoraxmatov va F. Kuranboyeva kumush, X.Toshev, Sh.Sharipov, M.Tangriyev, A.Xudoyorov, Sh.Egamberdiyeva bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘ntadan ziyod davlat terma jamoalari qatnashgan qit’a kubogida medallar jamg‘arishda O‘zbekiston dzyudochilari umum jamoa hisobida 3-o‘rindan joy oldi.

T, Ro‘ziyev, O‘zA