Dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri IIB xodimlari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida Qo‘qon shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahri hududida oldindan tezkor kuzatuvga olingan O‘zbekiston fuqarosi A. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtotransport vositasi to‘xtab turgan vaqtida uning saloni va yukxonasi tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtomashinaning orqa o‘rindig‘idagi qog‘oz korobkada xorijda ishlab chiqarilgan jami 240 dona “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sh. Suyarov, O‘zA