English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
11:39 / 2022-11-21

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar Sh.R., S.I. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro M.A.ga Chilonzor tumani “Bunyodkor” shoh ko‘chasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 000 dona “Nicozone S” va 800 dona “Infera” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini 9 ming 600 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 8 turdagi 9 ming 720 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA