English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Diqqat, bolalar!"
08:57 / 2022-12-16

Sirdaryo viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablarida "Yo‘l harakati bilimdoni", "Diqqat, bolalar!" kabi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Haftaning har juma – “Targ‘ibot kuni” munosabati bilan doimiy ravishda MTT, umumta’lim maktablari, o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan “Yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha ochiq darslar, seminar mashg‘ulotlari, zakovat bilimdoni tadbirlari o‘tkazilib, serqatnov yo‘llar atrofida joylashgan ta’lim muassasalarida YHX xodimlari doimiy ravishda harakat xavfsizligini ta’minlamoqda. Bundan tashqari umumta’lim maktablaridan mas’ul qilib belgilangan xodimlar maxsus kiyim va jihozlar bilan ta’minlanib, ular o‘quvchilarga amaliy saboqlar bermoqda.  

Hozirgacha 20 ta umumta’lim maktabida YHQ sinfxonasi, 7 ta mahalla va 5 ta MTTda YHQ maydonchalari tashkil etildi. Joriy yilning so‘ngigacha umumta’lim maktablarida jami 44 ta, mahallalarda 26 ta va MTTda 20 ta YHQ maydonchalarini qurish rejalashtirilgan.

Maqsad, bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishdir.

 

Sh.Suyarov, O‘zA