DEPUTAT: Yo‘l qoidalarini mensimaydigan amaldorlar yoxud jarimalar yuboriladigan sayt faqat oddiy xalq uchunmi? (+video)
Yaqinda o‘zim shunday holatga shaxsan guvoh bo‘lib qoldim. Bunda ketma-ket 3 ta yo‘l qoidasi buzildi. Barchasi videoyozuv qurilmamda tasvirlandi.
Bu qo‘pol xatolik bo‘lgani uchun uni jarimalar yuboriladigan saytga, ya’ni https://video.yhxbb.uz'ga joylashtirdim. Afsus, bu saytda ko‘rsatilgan telefon raqami bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Telefon raqamga bir necha marta sim qoqishimga qaramay ishlamadi. Eng achinarlisi, men jo‘natgan videoda qoida buzilganligi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, “rad etildi” degan javob keldi. Boz ustiga telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berilmagani xayolimda jumboqli savollarni keltirib chiqardi. Bularning bari shunchaki ko‘zbo‘yamachilik yoki xalqni aldash uchunmi?!
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/b8Qo-T4Qf8Y" title="DEPUTAT:Yo‘l qoidalarini mensimaydigan amaldorlar yoxud jarimalar yuboriladigan sayt faqat xalq uchunmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Oybek Boymonov,
Xalq deputatlari Shayxontohur
tuman kengashi deputati