English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi
16:28 / 2023-01-16

Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning og‘irini imkon qadar yengillatish maqsadida qulayliklar joriy etilmoqda.

Fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar, hatto markazda ishi bo‘lmasa ham, ichkariga kirishi mumkin: bir piyola issiq choy ichib, shinam kutish zalida o‘tirib isinib olishi mumkin.  

Markazlarga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri bundan mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasida zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qo‘yish to‘g‘risida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.  

DXMlar tejamkorlik rejimida ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga ma’lumot beruvchi tablolar ishlaydi. 

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘chaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham bor: my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.  

Masalan, my.gov.uz orqali: sanatoriylarda davolanish yo‘llanmasini olish; masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirish; nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirish mumkin.  

«Litsenziya» (http://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli ma’lumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.  

Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.  

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarga imkon qadar qulaylik yaratishga harakat qilmoqda.  

 O‘zA