English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tibbiy sug‘urtasi poytaxt tumanlarida ham joriy etiladi
09:59 / 2022-11-02

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Tibbiyot muassasalari zarur kompyuter, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanib, mahalliy tarmoqlar qurilmoqda. Bemorning elektron tibbiy kartasini shakllantirish, tor profildagi mutaxassislarga murojaat qilish, shuningdek, ambulatoriya sharoitida davolanish uchun dori-darmonlarni qabul qilish uchun elektron retseptlar yozish imkonini beradigan tibbiy axborot tizimini ishlab chiqish yakunlanmoqda.  

— Bu esa aholini davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan keng qamrab olinishini va shaffoflikni ta’minlaydi, — deydi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi matbuot xizmati rahbari Sayyora Shoyeva. — Shuningdek, aholi uchun bir qator qulayliklar yaratadi. Masalan, oilaviy shifokor qabuliga oldindan yozilish, dorilarni elektron retsept orqali olish mumkin bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Sirdaryo viloyatida mazkur jarayonlar keng ko‘lamda tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda.  

 

M.Qosimova,  

O‘zA