English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat Bobonov — dunyoning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga nomzod
11:03 / 2023-01-12

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022 yilning eng yaxshi dzyudochisi bo‘lishga nomzod sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ahamiyatlisi, Tokio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov «Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi» nominatsiyasining nomzodlari orasida e’tirof etilgan.

Nomzodlarni aniqlash, ovoz berish jarayoni 12-31 yanvar kunlari Xalqaro dzyudo federatsiyasining maxsus platformasi orqali tashkil etiladi.

G‘oliblar joriy yilning 5 fevral kuni Parijda o‘tadigan «Katta dubulg‘a» turnirida rasman e’lon qilinadi.

«Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi» bo‘lishda hamyurtimiz Davlat Bobonovga 4 nafar dzyudochi raqiblik qiladi. Bular, Tato Grigalashvili (Gruziya), Endi Granda (Kuba), Sogbatar Send-Ochir (Mo‘g‘uliston) va Xifumi Abe (Yaponiya).

Eslatib o‘tamiz, Bobonov 2022 yil davomida Parij «Katta dubulg‘a» turniri va Konyada o‘tgan «Islom birdamligi» o‘yinlarida bronza, Ulan-Batorda tashkil qilingan «Katta dubulg‘a» turnirida kumush va Toshkentda zo‘r muvaffaqiyat bilan tashkillashtirilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA