English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chorvachilik seleksiyasiga Germaniya texnologiyasi jalb etiladi
17:21 / 2023-10-05

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi chorvachilik sohasining bir guruh mutaxassislaridan iborat yurtimiz delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi.

Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi. Germaniyaning Bavariya federal yerida Qishloq xo‘jaligi vaziri Mixayela Kaniber va ma’muriyat rahbari Hubert Bitlmayerlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasida muloqotlar davom etmoqda.  

Jumladan, qoramollar naslchiligi, ularni sun’iy urug‘lantirish, embrion transplantatsiyasi yo‘nalishlarida nemis texnologiyasini jalb etishga erishildi.

Vaynstefan trizdorf amaliy fanlar universiteti va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, universitetning Toshkent va Nukus filiallari, Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlari bilan keng ko‘lamli hamkorlik qilish, xususan professor-o‘qituvchilar, talabalar va yosh olimlarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama amaliy va fundamental loyihalarni amalga oshirish, o‘quv jarayonlarini yanada sifatli tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Bavariya chorvachilik va naslchilik tashkilotlari assotsiatsiyasi bilan Germaniya tajribasi asosida yirik shoxli mollarning genomik seleksiyasi va embrion transplantatsiyasi bo‘yicha qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etishga kelishildi.

Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish, ozuqa yetishtirish hamda mazkur sohada qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

Ikrom Avvalboyev, O‘zA