English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqdagi kutubxona ta’mirlanmoqda
18:52 / 2023-02-21

“Tashabbusli byudjet” loyihasida 2022 yilda Toshkent viloyati bo‘yicha 393 ta loyiha g‘olib bo‘lgan edi. Ular orasida Chirchiq shahridagi V.Haydarov mahallasining markaziy kutubxonasini ta’mirlash loyihasi bor. Buning uchun davlat tomonidan 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu sa’y-harakatlarda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining o‘rni katta bo‘ldi.  Hozirgi paytda mazkur kutubxona fondida 95 ming donadan ziyod turli badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar mavjud.  

Biroq so‘nggi 15 yil davomida mazkur ziyo maskani qarovsiz ahvolga kelib qolgan edi. Xususan, binodagi issiqlik tizimining yo‘qligi, mavjud kitoblarning sifatini yo‘qotib, yaroqsiz holatga kelib qolishiga sabab bo‘lgan. Shu kunlarda bu yerda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Jarayon mas’ullar tomonidan nazoratga olingan.  

[gallery-10654]

A. Musayev, D.Ernazarov (surat) O‘zA.