Chavandozimiz Abu-Dabi turnirida bronza medali sohibi bo‘ldi

Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan konkur musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Hamyurtimiz turnirning 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida "Quintair" laqabli otda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Aytish lozim, hamyurtimiz ushbu tulpor bilan mazkur musobaqaning saralash bahslarida 38 nafar mohir chavandozlar bilan bahslashib, 12 nafar sportchi qatorida turnirda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA