
Sirdaryo viloyatida ham Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi. Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani” da viloyat hokimligi mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda talaba-yoshlar jam bo‘ldi.
Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yib, buyuk allomaga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, shaxsiyati, ibratli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, ayniqsa, asarlarida ulug‘langan g‘oyalarning xalqimiz, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidladi.
Tantanali tadbirning adabiy-badiiy qismida teatr jamoasi tomonidan “Lisson-ut tayr” asari asosida sahnalashtirilgan “Qush tili” spektakli namoyish etildi. Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
[gallery-10508]
Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev, O‘zA