English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorodagi yana 15 ta maktab “Zamin” fondi ko‘magida suv bilan ta’minlanadi
14:30 / 2022-09-29

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxoro viloyati Romitan va Shofirkon tumanlaridagi maktablarga tashrif buyurdi. “Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena” loyihasining natijalari bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suvdan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyenaning sog‘lom turmush uchun ahamiyati haqida suhbatlashdi.

bugungi kunda viloyatdagi 16 ta umumta’lim maktabida quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatilgan. 

Maktablar joylashgan hududlar aholisi ham toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Loyihaning navbatdagi bosqichi uchun Buxoro viloyatidagi yana 15 ta umumta’lim maktabi tanlab olingan. Loyiha BMT Bolalar fondi (YUNICYeF), “O‘zsuvta’minot” AJ, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, Ziroat Mirziyoyeva Buxorodagi 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Bolalar o‘z yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Ularni ekologiya mavzusiga qiziqtirish uchun mehmonlar “Zamin Eco education” o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazishdi. Tadbir davomida “aqlli sug‘orish” tizimi namoyish etildi. 

Havo harorati va namlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar tufayli sug‘orish uchun kerakli suv hajmi hisoblab chiqiladi. Ushbu tizim bilan tanishuv orqali maktab o‘quvchilariga suvni tejash naqadar muhimligi tushuntirildi. 

 

Zarif Komilov, O‘zA