English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda bolalar uyi faoliyati tugatildi
11:07 / 2022-11-18

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Mehribonlik va bolalar uylari faoliyati tugatilib, mazkur muassasalardagi tarbiyalanuvchilar oilaviy bolalar uylariga, vasiylikka, homiylikka va ota-onasi tarbiyasiga qaytarib berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga asosan, viloyat Bolalar uyi faoliyati tugatilishi munosabati bilan 7 nafar (4 nafar o‘g‘il va 3 nafar qiz) tarbiyalanuvchilar Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Bolalar uyiga ko‘chirildi. (joriy yil 15 noyabr holatida 9 nafar tarbiyalanuvchi mavjud edi. 2 nafari oila tarbiyasiga berilgan).

Ma’lumot o‘rnida, 1991 yil 30 dekabrda tashkil etilgan Buxoro viloyati Bolalar uyi 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2021 yil avgust oyi holatida 52 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lgan. Endilikda muassasa o‘z faoliyatini yakunladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA