English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:10 / 2023-05-31

Fermer xo‘jaligi rahbari qarindoshlarining avtomashinalarini garovga qo‘yib, bankdan katta miqdorda kredit oldi. Dastlab kredit to‘lovini o‘z vaqtida to‘landi. Keyin ishlari yurishmay qolib, kreditlarni to‘lay olmadi.

Lekin, shartnomaga ko‘ra, kredit belgilangan tartibda to‘lanmasa,  shartnoma shartlari buzilgan deb topiladi. Natijada bank kreditni muddatidan oldin to‘liq undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritishi mumkin. Xuddi shunday ham bo‘ldi.  

Kreditlarni to‘lamaganligi uchun bank sudga da’vo arizasi kiritdi. Sud da’voni qanoatlantirib, ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosi ish yurituviga yubordi. Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud hujjatlari ijrosini nazoratga olindi.  

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining 2022 yil 15 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “To‘yev Sherzod Shahzod” fermer xo‘jaligidan TIF “Milliy bank” Romitan  filiali foydasiga 300.571.704 so‘m kredit qarzdorligi va 21.00 pochta xarajati jami 300.592.704 so‘m undirish, undiruvni fuqaro B.Sa’dulloyevga tegishli Peshku tumani, Arbobhoji qishlog‘ida joylashgan umumiy 582,4 kv. metr maydondagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan, umumiy maydoni 461,2 kv. metr, foydali maydoni 461,2 kv. metr, bino osti maydoni 461,2 kv. metr bo‘lgan 5  xonali “Dala shiypon va molxona” binosiga, B.To‘xtayevga tegishli 2019 yilda ishlab chiqarilgan, “DAMAS” rusumli hamda fuqaro M.Sharipovaga tegishli 2014 yilda ishlab chiqarilgan, “SPARK” rusumli avtotransport vositalariga qaratish haqidagi ijro hujjati Byuroning Peshku tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Ijro harakatlari davomida qarzdorlarga ijro hujjati mazmun mohiyati to‘liq tushuntirildi. Bartaraf etish uchun qonunchilikka muvofiq ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.  

Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro M.Sharipovaga tegishli “SPARK” rusumli, fuqaro B.To‘xtayevga tegishli “DAMAS” rusumli avtomashinalar tegishli tartibda xatlanib, mavjud qarzdorlikni bartaraf qilish uchun 10 kunlik muddat berilgan.  

Qarzdorlik bartaraf qilinmagandan so‘ng, mazkur avtomashinalar realizatsiya qilish maqsadida “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali kimoshdi savdosiga chiqarilgan. Kelgusida, avtomashinalar sotuvidan tushgan mablag‘lar hisobidan qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Mablag‘lar qarzdorlikni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmaganda, undiruv B.Sa’dulloyevga tegishli “Dala shiypon va molxona” binosiga qaratilishi mumkin.  

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.  

*****

Kogon tumanida ustomon firibgar qo‘lga tushdi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi. Buxoro viloyati huquq tartibot organlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi G‘ijduvon tumani bo‘limi “Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish” sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan G‘ijduvon tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. ismli shaxs, boshqa bir fuqaroning ishonchiga kiradi.  

Unga go‘yoki, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali “Buxoro neftgaz avtonaql” AJdagi 1 foiz ulushini undirib berish bo‘yicha da’vo arizasini qanoatlantirib berishni va’da qiladi.  Evaziga tamagirlik yo‘li bilan 2.000 AQSH dollari berishni so‘rab, Kogon tumani “Taraqqiyot” mahallasidagi katta yo‘l yoqasida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov,  

O‘zA