English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BUGUN: gazetalarni varaqlaganda...
11:47 / 2023-03-16

Kundalik gazetalarni qo‘lga olib, varaqlar ekanmiz, kunning muhim  axborot – xabar, maqolalaridan boxabar bo‘lamiz, qalam ahlining zahmatli mehnatini his etib turamiz.

“Yangi O‘zbekiston”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etish uchun Anqaraga tashrifi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi, shuningdek, 15 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar, sharhlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. “JST va O‘zbekiston. Dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalashuv bizga nima beradi?” maqolasini albatta o‘qing. Bugunning gapi ruknida berilgan “ Gibrid issiqlik ta’minot tizmi samarali, tejamkor, barqaror”, “Tibbiyotni raqamlashtirish nega kerak?”, “Issiqxonada olma va o‘rik yetishtiriladi” kabi maqolalar, shuningdek, “Ulug‘bek madrasasi devoridagi iqlim surati yoxud Ikkinchi Uyg‘onish davrining buyuk siymosi” sahifasi bugungi kun yuz berayotgan o‘zgarishlar, tarix va uning nurli sahifalari haqida.

“Xalq so‘zi”da ham davlat rahbari ishtiroki bilan bog‘liq rasmiy xabar, sahifalar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishasiz. “Xalq manfaatlarini ustuvorligining amaldagi ifodasi”, “Surxondaryoda yangilanish fasli” maqolasida jamiyatdagi o‘zgarishlarning ayrim ko‘rinishlari aks etgan. “Folker Turk: O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni quvvatlaymiz”, “Pekinda Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-anjuman” kabi maqolalarda xolis, beg‘araz fikr aks etgani, ulug‘larga hurmat chegara bilmasligiga guvoh bo‘lasiz. 

“XXI ASR”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilingan. “Milliy manfaatlar tomondamiz” sahifasi davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi va dil so‘zlari aks etgan. “Navro‘z – yangi quyosh bayrami”,  “Quyi tuzilmalarga “g‘alvir tashlandi” yoxud Qashqadaryoda 35 nafar yetakchiga nega qayta ishonch bildirilmagani xususida” maqolalari e’tiborli.

“Ishonch”da ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilingan. “Yashil energiya” – istiqbol quvvati. Jizzaxda yirik quyosh stansiyasi qurilishi boshlandi”, “Pandemiyadan nimani o‘rgandik?”, “Dunyoda bugun...”, “Nima eksang, shuni o‘rasan...”, “Sulaymon o‘ldi, beklar qutildi” kabi maqolalar qiziqish bilan o‘qiladi. 

“Jamiyat” gazetasini qo‘lga olishingiz bilan yaxshi bir suhbatdoshga duch kelgandek his qilasiz o‘zingizni. “O‘qigan qiz shahar olib bermaydi, biroq...”, “Betonka”dagi ayollar”, “Ilmsizlik yetaklagan yo‘l”, “Adabiyotga odob yot...mi?” kabi maqolalar va ustoz O‘tkir Rahmatga bag‘ishlangan sahifa, hamma-hammasi maroq bilan o‘qiladi...

“Qishloq hayoti”da e’lon qilingan “Surxondaryoda 20 ming gektar yangi yer o‘zlashtirilmoqda”, “Fermerlarning yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi”, “O‘zbekiston paxtachilik tarixi” kitobida nimalar aks etgan?” kabi maqolalarda joylardagi real hayot, dehqonchilik sir-sinoatlari, fermer va suv atalmish ne’matning qadri haqida so‘z boradi.

bugungi gazetalarni o‘qing.

A.Narzulloyev, O‘zA