English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshlang‘ich sinflar uchun Finlyandiya tajribasi boshlanadi
10:38 / 2023-01-02

Prezidentimiz 2022 yil 29 dekabr kuni Xalqaro kongress markazida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Yurtboshimiz ta’lim ko‘rgazmasi doirasida bir guruh maktab o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabi direktori, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Hurmatoy Tursunova hamda Buxoro tumanidagi 22-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Iroda Jo‘rayeva ham qatnashgan edi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov mazkur ikki tajribali pedagog bilan uchrashdi.

– Davlatimiz rahbarining “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi doirasida o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvi nafaqat men, balki barcha hamkasblarim uchun nihoyatda hayajonli kechdi, – deydi Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 22-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Iroda Jo‘rayeva. –Aytish joizki, bu voqea butun mamlakatimiz o‘qituvchilari uchun tarixiy kun bo‘ldi. Bizning umumta’lim maktabimiz ham viloyatda tajriba-sinov tayanch maktabi sifatida belgilangan bo‘lib, ayni paytda jarayonlarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tajriba-sinov jarayonlariga maktabning 7 ta boshlang‘ich sinfi jalb etilgan bo‘lib, ularga 7 nafar trener-o‘qituvchilar biriktirilgan.

Shuningdek, muloqotda viloyatda umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida alohida so‘z bordi. Shundan kelib chiqib Botir Zaripov mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Zarif Komilov, O‘zA