Bosh qomusimizning 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishonlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tizimda samarali mehnat qilgan, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh xodimlarga "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali topshirildi.
Jumladan, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Olimjon Jumayev hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Haitov, qo‘mita raisi o‘rinbosari Miryashin Sagatov esdalik nishoni bilan taqdirlandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA