Bolalar bog‘chasi qurish uchun ajratilgan yerni sotib yubormoqchi bo‘lishdi

Qarshi tumani “Saroy” mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan tadbirkorga “Zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi) qurish uchun 0,50 gektar yer maydoni ajratilgan.
Ammo tadbirkorning o‘g‘li S.O. hali qurilish ishlari amalga oshirilmagan bo‘sh yer maydonini 250 million so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi.
Biroq, u kelishilgan puldan 230 million so‘mni E.Ch.dan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu holat Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilingan murojaatga asosan viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA