Bolajonlarga bayram kayfiyati ulashildi

FOTOREPORTAJ
Yurtimizning barcha go‘shalarida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o‘ziga xos tantana sifatida keng nishonlanmoqda.
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy nomidagi mahallada tashkil etilgan bayram tadbiri ham bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashdi.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Majidova tashabbusi bilan uyushtirilgan tadbirda ertak va multfilm qahramonlari ishtirokidagi ajoyib bayram dasturi bolajonlar e’tiboriga havola etildi. Jajji o‘g‘il-qizlar sevimli qahramonlari bilan birgalikda qo‘shiq kuylab, raqsga tushdi, qiziqarli musobaqalarda ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi.
[gallery-12173]
Oybek PARDAEV (surat), O‘zA