English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boks: Qit’a chempionatini vakillarimiz g‘alaba bilan boshladi
09:56 / 2022-11-02

Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha chempionatning birinchi kunida ikki nafar bokschimiz ilk saralash bahslarini o‘tkazdi.  

57 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalakov ilk bosqichda tailandlik Saravut Suket bilan ro‘baro‘ keldi va 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Endi u navbatdagi jangida iroqlik Muhammad Anvar Jasim bilan bahslashadi.  

Chempionatning 63,5 kilogramm vaznida ishtirok etayotgan Ruslan Abdullayev yaponiyalik Shunsuke Kitamotoni ilk bahsda 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Ruslanning keyingi bosqichdagi raqibi qozog‘istonlik Sanatali Toltayev bo‘ladi.    

Bugun, 2 noyabr kuni qit’a chempionatida ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Unda Ruslan Abdullayev qozog‘istonlik Sanatali Toltayevga qarshi jang o‘tkazsa, 54 kilo og‘irlikda harakatlanadigan Shahzod Muzaffarov pokistonlik Zakir Husayn bilan keyingi bosqich masalasini hal etadi.  

Eslatib o‘tamiz, qit’a chempionatida 1-o‘rinni egallagan bokschilar 1200, kumush va bronza medal sohiblari 900 va 700, 5-o‘rin egalari 400, 7-o‘rin 300, 1/16 final qatnashchilari 150, 1/32 raund ishtirokchilari 50 ochkoga ega bo‘ladi.  

 

To‘lqin Ro‘ziyev,  

O‘zA