English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyat takomillashtiriladi
12:05 / 2024-09-09

5 sentyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra,  vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilish tartibini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish to‘g‘risida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

O‘zA