Bog‘cha ta’mirlanib foydalanishga topshirildi

Yosh avlod ta’lim-tarbiyasini yuksaltirish, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun barcha sharoitni yaratish borasida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Guliston tumani “Baxmal” mahallasidagi 19-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Obod qishloq” dasturi asosida 912 million so‘m mablag‘ hisobiga ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.


Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Xudoyqulov hamda Guliston tumani hokimi Saydimqul Begimqulov va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Sh. Suyarov, O‘zA