English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplom topshirildi
15:04 / 2023-08-07

IIV Akademiyasi magistraturasida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida bir yillik ta’lim dasturi asosida magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv” hamda “tashkiliy-taktik boshqaruv” yo‘nalishlari tinglovchilari uchun olib borilgan o‘quv jarayonlari, ilg‘or yondashuvlar asosida o‘tkazilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv kurslari, shuningdek malakaviy va ilmiy amaliyot hamda yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari haqida ma’lumot berildi.  

Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashning hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tizimni zamonaviy boshqaruv kadrlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.  

– So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ichki ishlar organlari faoliyati yangi bosqichga chiqdi, – dedi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Umidbek Nurullayev. – Magistratura bitiruvchilari islohotlar ruhiga mos kadr sifatida ona Vatanimiz va xalqimizga yuksak sadoqat bilan xizmat qilishlari kerak. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o‘zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro‘yobga chiqarishdan iborat.  

Tantanali tadbirda bitiruvchilar ham so‘zga chiqib, ona Vatanimiz, xalqimiz va davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ulkan ishonchni munosib oqlashga va’da berdi.  

IIV Akademiyasi

Axborot xizmati