English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayramga munosib tuhfa
15:44 / 2022-12-07

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bayrami arafasida Andijon viloyatining tuman va shaharlarida yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirilmoqda.

Buloqboshi tumanining Qumguzar mahallasida ana shunday korxonalardan biri "Ko’hna buloq" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etildi. Yiliga 5-7 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona 16,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi. Xitoy, Turkiya davlatlari texnologiya va dastgohlari bilan jihozlangan korxonada bolalar, o‘smirlar, erkaklar va ayollar uchun, shuningdek, sport kiyimlari ishlab chiqariladi.

[gallery-9886]

Bejirim, sifatli mahsulotlar 100 foiz eksportga yo‘naltiriladi, umuman, yiliga 2,5-3 million dollar miqdoridagi mahsulot xorijga sotilishi ko‘zda tutilgan. Korxonada 250 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Bayram arafasida Bo‘ston tumanidagi “Sayyora favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Elegance SM” tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Umumiy qiymati 116 milliard so‘mga teng loyiha doirasida barpo etilgan mazkur korxonada erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 dan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, ming kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Har ikkala korxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA